2018-yili 19-may kuni Akademik Litseyda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor tumani mahalliy kengashi, litseyimiz o’quvchilari hamda O’zMU qoshidagi 2 — son akademik litseyi o’qituvchi va o’quvchilari tomonidan tashkil etilgan matematika, fizika, informatika , kimyo, biologiya va ekologiya fanlaridan V-ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

 

 

Ushbu konferensiyada matematika, fizika, informatika , kimyo, biologiya va ekologiya fanlari sohasida dolarb muammolar, ularning jamiyatdagi ahamiyati, sohadagi olimlarning tadqiqotlari va ular yaratgan ixtirolar, laboratoriyada amaliyot bo’yicha izlanishlar yo’nalishlari bo’yicha 30ga yaqin maqolalar qabul qilindi. O’qituvchi va o’quvchilar tomonidan berilgan maqolalar to’plam ko’rinishda chop etiladi.

Konferensiyada o’qituvchilar tomonidan yozilgan maqolalar taqdimot ko’rinishida ma’ruza qilib berildi. Bu o’quchilar  ilmiy izlanishlar olib borilayotgandan dark beradi.

Taqdimot qilingan mavzular o’quvchilarda katta qiziqish oyg’otib, turli savollar bilan murojaat qilishdi. Eng yaxshi maqolalar konferensiyada o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan yoritib berildi hamda diplom va sivg’alar bilan taqdirlandi.