Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Ma’muriy hujjatlar sahifasiga o’tish

 


Choriyeva Zamira Tirkashevna

2016 yildan buyon

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyning «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri

Ma’lumoti:

Oliy

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:    

ona tili va adabiyoti o’qituvchisi


“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi faoliyati haqida

 

           Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyda 2011 yilda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedra o‘z faoliyatini boshladi. 2011-2013 yillar davomida      “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida M.R.Nurmuhamedov mudirlik faoliyatini olib bordi. Uning faoliyati davomida barcha fanlardan ma’ruza matnlari va ishchi dasturlar yaratildi. Undan tashqari shu yillar davomida ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarida ham “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi faol ishtirok etib kelgan.

            2013-2014 yilga kelib kafedra faoliyati nazoratini yuritish F.R. Boymurodovaga yuklatildi. F. R. Boymurodovaning o‘z ustida tinimsiz mehnati evaziga litsey rahbari alohida ishonch bildirgan holda, ushbu kafedra mudirlik vazifasini topshirdi. F. Boymurodova yangi innovatsiyalar bilan hamnafas ishlash maqsadida  2013 yil  sentyabr-oktyabr oylarida  Shvetsariyaning Tyurix shahrida o‘tkazilgan “Word Resours Forum 2013” milliy  konferensiyasida o‘zining “Tabiiy  resurslardan oqilona foydalanish” mavzusida  maqola va tezislari bilan  qatnashib, sertifikatga ega bo‘ldi.  Shu bilan bir qatorda  Argentinaning  Buenos-Aires  shahrida o‘tkazilgan  “Dunyo  fanlari  akademiyasida”  O‘zbekistondan  vakil bo‘lib ishtirok  etdi. F.Boymurodovaning  geograf  sifatida Dunyo  mamlakatlarida,  ya’ni  Germaniya,  Niderlandiya, Braziliya shaharlariga qilgan sayohatlarida  milliy  va ma’naviy, iqtisodiy ishlab chiqarish  va demografik  holatlar yuzasidan  o‘z fikrini  va dunyo qarashini boyitib qaytdi.

         Hozirgi kunda kafedra mudiri bo’lib Z.T.Choriyeva faoliyat olib bormoqda. Kafedra faoliyatida olib borilayotgan ishlar yuzasidan  shuni aytish lozimki, kafedra faoliyatida 10 nafar asosiy pedagoglar mavjud.  Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan  asosiy  shtatdagi o‘qituvchilardan Z.T.Choriyeva, D.P.Qobilova, D.J.Erbayeva, M.N.Eshonqulov, T.O.Chernishkina, L.A.Yagafarova, M.R.Nurmuxamedov, F.N.Fayzullaeva, A.A.Karimov, Sh.Dadaboyevlar yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda sidqidildan o‘z mehnatlarini  ayamagan tarzda mehnat qilib kelishmoqda.