ARM

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey “Axborot — resurs markazi”

Akademik litsey “Axborot-resurs markazi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2006- yil 20-iyundagi PQ-381- sonli qarori va  Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli    Axborot-resurs markazlari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi  buyrug’iga asosan 2010 yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. 2011-yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot –kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari” to’grisidagi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2011- yil 13-aprel “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi 280-sonli qonunlari asosida ishlar olib borilmoqda. ARM fondi 4500ga yaqin nusxadagi adabiyotlardan iborat. Kitobxonlarimiz 612 ta bo’lib,  2016 yili o’rtacha kitob o’qilishi  82%ni  tashkil etdi. Yil davomida    172 ta nusxada adabiyot olindi,  vaqtli matbuot nashrlari uchun  obuna qilindi. Jami 15 taga yaqin gazeta-jurnallarga obuna qilingan.

 Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi 9 ta kompyuter, 1 ta skaner, 1 ta printer bilan ta’minlangan.

 Ichki tarmoq mavjud va Internetga ulangan. Muntazam ravishda internetdan foydalaniladi. Axborot-resurs markazida 9 ta kompyuter ishlab turibdi, undan kitobxonlar internetga chiqishi, elektron darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bunda asosan kitobxonlar   disklar,   akademik litseyimiz professor-o’qituvchilarining o’quv qo’llanmalari, darsliklar, namunaviy dasturlar, maqolalar va boshqa materiallarning elektron shaklidan foydalanishlari mumkin.

ARM akademik litseyning kafedralari bilan hamkorlikda turli tadbirlarni o’tkazib keladi. Muntazam ravishda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotni har chorakda professor-o’qituvchilarini akademik litseyimiz ilmiy kengashida tanishtirib boriladi.                               

                                                                                                     

Adabiyotlar va elektron axborot-resurslari bo’limi

Akademik litsey professor–o’qituvchilariga va talabalariga axborot–bibliografiya xizmati ko’rsatish,  elektron katalogdan adabiyotlar qidirish yo’llari haqida talabalarga yordam beradilar, har bir kitobxonlar bilan yakka va ommaviy ishlarni olib boradilar.

 ARM o’z faoliyatini Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ARM ishiga oid farmonlari, qaror va ko’rsatmalari, meyoriy hujjatlari, ARM Nizomi asosida ish  olib boradi.