Litsey haqida


TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEY TO‘G‘RISIDA


Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 sentyabrdagi “2010 yilda yangi kasb-hunar kollejlari,

akademik litseylar va ularga tegishli yotoqxonalar qurilishi va amaldagilarini rekonstruksiya qilish dasturini tugallash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 262-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 sentyabrdagi “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida akademik litsey faoliyatini tashkil to‘g‘risida”gi 208-sonli qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2010 yil 8 maydagi “Akademik litsey tashkil etish to‘g‘risida”gi 116-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey tashkil etildi.
Akademik litseyning asosiy maqsadi: Iqtidorli, qiziquvchan yoshlarning bilim olishlariga shart-sharoitlar yaratib berish, sanoatning yuqori texnologiyalariga asoslangan tarmoqlarini malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, ingliz tili va aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish uchun ilmiy–nazariy jihatdan fundamental bazaga, mustahkam tayyorgarlik va puxta ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlarni tanlab olish.
-tanlangan yuqori iqtidorli o‘quvchilarga akademik litsey yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur fundamental bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish;
-yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini his qilaoladigan, milliy qadriyatlarga amal qilgan holda halqimizning boy madaniy-tarixiy an’analarini boyitadigan, mamlakatimiz kelajagi uchun vijdonan faoliyat ko‘rsatadigan hamda erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, barkamol shaxs qilib shakllantirish;
— akademik litsey o‘quvchilarining intellektual faoliyat yo‘nalishlarini tanlashda yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarning ijodiy fikr yuritishi ko‘nikmalarini shakllantirish;
— mutaxassislik ishlari bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni egallab borishlarida ko‘maklashish, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun ixtisosliklar bo‘yicha fundamental tayyorgarlikni amalga oshirish;
— o‘quv tarbiyaviy jarayonda sog‘lom muhitni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini amalga tadbiq etish;
— o‘quv jarayonini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash va joriy etish;
— xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or o‘qitish texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish;
— Vatanparvarlikni, o‘z Vatani bilan faxrlanish his-tuyg‘usini shakllantiruvchi, milliy o‘z-o‘zini anglashni, xalqimizning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat bilan qarashni kuchaytirishga qaratilgan.
Akademik litsey aniq fanlar yo‘nalishida o‘quvchilarni qabul qiladi. 1 va 2 bosqichlarda ta’lim davlat ta’lim standartlari asosida akademik litseylar dasturi orqali olib boriladi. 3 bosqichga borib, asosiy fanlar ingliz tilida o‘tilishi rejalashtirilgan. Akademik litseyda 2016-2017 o‘quv yilida o‘quvchilar soni 554 nafarga etdi.

O‘quvchilarni yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan muntazam tanishtirib borish va ularni yanada qiziqishlarini orttirish maqsadida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli avtomobil ishlab chiqarish korxonalari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining zamonaviy jihozlangan fan kafedralari, laboratoriyalari va ishlab chiqarish texnoparklari bilan doimiy faoliyat olib boriladi.

Akademik litsey o‘quvchilari uchun zamonaviy kimyo, fizika, astronomiya, biologiya, matematika, kompyuter sinfi, lingafon kabineti, zamonaviy axborot-resurs markazi, faollar zali, sport zali va stadionlari, oshxona, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fanlari bo‘yicha ko‘rgazmali slaydlar va plakatlar sifatli ta’lim olish uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv binosi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Akademik litseyning axborot-resurs markazi jahon andazalariga mos ravishda qurilgan bo‘lib, 4000 dan ortiq o‘quv-uslubiy, badiy, siyosiy va chet el adabiyotlari, 200 dan ortiq elektron darsliklar mavjud. Axborot-resurs markazidagi kompyuterlarga internet tarmog‘iga ulangan va oxirgi rusumdagi kompyuterlar, zamonaviy nusxa ko‘chirish apparati, skanerlar bilan jihozlangan.

Akademik litsey o‘quvchilari Turin politexnika universitetda tashkil etilgan barcha sharoitlardan foydalanishlari mumkin. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy–ma’rifiy va sport sog‘lomlashtirish, fan olimpiadalariga ishtirok etish, muzeylarga borish, elektron dasturlar tayyorlash, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha ishlar doimiy tashkil etib borilmoqda. Bundan tashqari akademik litseyda fan to‘garaklari, sport va madaniy to‘garaklari tashkil etilgan.