Bosh Sahifa


Qabul talablari

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyiga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari imtihon asosida saralanib qabul qilinadi (Imtihon tartibi quyida berilgan).

— Akademik litseyda ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

— Akademik litsey aniq fanlar (texnika) yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan.

Akademik litseyga hujjat topshirmoqchi bo’lgan o’quvchilar ushbu talablarga mos kelishlari lozim:

— Akademik litseyga faqat joriy o’quv yilida 9-sinfni bitirayotgan o’quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

— Akademik litseyda ta’lim olmoqchi bo’lganlar Qabul komissiyasi tomonidan talab qilingan barcha zarur hujjatlarni o’z vaqtida topshirishlari kerak.


Hujjatlar ro’yxati

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyiga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar to’plami:

1. Akademik litsey direktori nomiga ariza

2. Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma yoki pasport nusxasi(1 dona)

3. 6 dona 3,5 X 4,5 o’lchamdagi yangi fotosurat(6 dona). Har bir rasm ortida maktab muhri va direktorning imzosi bo’lishi shart.

4. Agar mavjud bo’lsa, xalqaro va respublika olimpiada, tanlovlar, musobaqalar g’olibiligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa hujjatlar.

2020-2021-o’quv yili uchun akademik litseyga hujjatlarni qabul qilish  20-iyundan 30-iyungacha amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi ish vaqti: 09-00 dan 17-00 gacha. Qo’shimcha yangiliklar va o’zgarishlar akademik litsey web-sahifasida berib boriladi. Shu sababli, quyidagi web-sahifadagi yagiliklarni muntazam kuzatib borishni tavsiya qilamiz: turin.uz

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 71-246-23-31; 71-246-55-23

  Saralash imtihoni tartibi:

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyiga kirish uchun o’tkaziladigan saralash imtihoni quyidagi fanlardan TEST ko’rinishida bo’lib o’tadi:

1. Matematika (3.1 ball)

2. Fizika (2.1 ball)

3. Ingliz tili (1.1 ball)Абзац

*Izoh: 2020-2021-o’quv yili uchun akademik litseyga hujjatlarni qabul qilish  2020-yil 30-iyun kuni soat 17:00 da yakunlandi.