2008 yil 

“Uzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, “General Motors” korparatsiyasi va Evropaning yirik texnik universitetlaridan biri bo‘lgan Turin politexnika universiteti (Italiya) o‘rtasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Universitetning rasmiy tashkil etilgan kuni 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan kuni hisoblanadi.

Universitetning strategik rivojlantirish rejasiga asosan universitet nafaqat avtomobilsozlik, balki qurilish va arxitektura, energetika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasiga aylanishi nazarda tutilgan. Bu borada har yili bakalavriyatning 4 ta “Mashinasozlik texnoligiyasi”, “Aviakosmik injiniring”, ”Sanoat qurilish va arxitektura” hamda “Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT” yo‘nalishlariga shuningdek magistraturaning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Mexatronika” mutaxassisliklariga qabul amalga oshiriladi.

  2009 yil


Aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi karori qabul qilindi.
Universitetning strategik rivojlantirish rejasiga asosan universitet nafaqat avtomobilsozlik, balki qurilish va arxitektura, energetika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasiga aylanishi nazarda tutilgan. Bu borada har yili bakalavriyatning 4 ta “Mashinasozlik texnoligiyasi”, “Aviakosmik injiniring”, ”Sanoat qurilish va arxitektura” hamda “Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT” yo‘nalishlariga shuningdek magistraturaning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Mexatronika” mutaxassisliklariga qabul amalga oshiriladi.

Iyul oyida – universitetga ilk bor 200 nafar talaba qabul qilindi.

Mart oyida – 3 nafar universitet xodimi Turin politexnika universitetiga PhD yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olishga jo‘natildi (bugungi kunga kelib PhD yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar universitet xodimlari taxsil olib kelishdi)

2010 yil


May oyida – Universitet xuzurida aniq fanlarga ixtisoslashgan akademik litsey tashkil etildi.

Iyun oyida – Hexagon metrology S.P.A. kompaniyasi (Italiya) bilan amaliy metrologiya soxasida bitim imzolandi.

Avgust oyida – O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashrifi, universitetning zamonaviy ma’muriy, o‘quv binolarining rasmiy ochilish va foydalanishga topshirilishi.

Noyabr oyida – universitet talabalari ishtirokida ilk bor «Fan xaftasi» konferentsiyasi o‘tkazildi.

Dekabr oyida – Germaniyaning GTZ Regional Program loyixasi bilan ta’lim, ilmiy izlanishlar va tajriba almashish yo‘nalishlari faoliyatni yuritish bo‘yicha aloqalar o‘rnatildi.

2011 yil


Fevral oyi – Koreya politexnika universiteti bilan avtomobilsozlik va biznesni rivojlantirish soxalarida aloqalarni rivojlantirish borasida ikkit tomonlama bitim imzolandi.

Sentyabr oyida – 450 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan akademik litsiey binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Sentyabr oyida – 2010/2011 o‘quv yilida 6 nafar universitet o‘qituvchilari Turin politexnika universitetining PhD yo‘nalishida taxsil olish uchun jo‘natildi.

Sentyabr oyida – “Ideal PLM CIS” Company Limited kompaniyasi bilan aloqa o‘rnatilib, Siemens PLM texnologiyasini avtomobilsozlik korxonalariga joriy etish yo‘lga qo‘yildi.

Oktyabr oyida – universitetning 9 nafar injener xodimi Italiyaning Hexagon va Germaniyaning Festo didactic kompaniyalari o‘quv markazlariga o‘qishga yuborilib, shulardan 4 nafari 3D-modellashtirish, Unigraphics (NX) & Cimatron dasturlari bo‘yicha o‘qitish huquqini beruvchi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
2 nafar universitet hodimi “Axborot texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha dars berishni Janubiy Koreya ta’lim muassasalarida o‘rganib qatishdi.

Oktyabr oyida – universitetda Italiyaning «Hexagon Metrology» S.P.A. kompaniyasi hamkorligida Metrologiya markazi tashkil etildi.

Oktyabr oyida – “TERSID (TEMPUS) – sanoat rivojlantirishda resurstejamkorlik” ta’lim loyixasi boshlandi.

Noyabr oyida – “Djeneral Motors Pauertreyn” AJ va germaniyaning «Festo» kompaniyasi xamkorligida “Mexatronika” markazi ochildi.

Dekabr oyida – “CAD / CAM / CAE” markazi tashkil etildi

2012 yil


Avgust oyida – Seul milliy universiteti bilan xamkorlik bitimi imzolandi.

Oktyabr oyida – Germaniyaning “GURING oHG” kompaniyasi bilan xamkorlik bitimi imzolandi. Keyinchalik ushbu kompaniya va “O‘zavtosanoat” kompaniyasi hamkorligida zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi.

2013 yil


May oyida – o‘zi xarakatlanadigan va so‘zlarni talaffus qilish imkoniyatiga ega “Robotjon – 3” uchinchi pokolenie roboti ishlab chiqildi.

Iyul oyida – seysmologiya soxasida Germaniyaning “Bauhaus-Universität Weimar” universiteti bilan xamorlik bitimi imzolandi.

Oktyabr oyida – universitetda «GURING» o‘quv markazi faoliyat boshladi

Oktyabr oyida – germaniyaning «CLAAS» kompaniyasi bilan xamkorlik bitimi imzolandi.

Oktyabr oyida – universitetda «CLAAS» kompaniyasi hamda “Uz CLAAS Agro” korxonasi xamkorligida o‘quv markazi tashkil etildi.

Oktyabr oyida – universitetda Siemens PLM Soft ware (OOO «Ideal PLM SiAyEs») kompaniyasi xamkorligida «SIMENS» o‘quv markazi tashkil etildi.

Dekabr oyida – mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va doktora uchun dastur va o‘quv kurslarini ishlab chiqish bo‘yicha TEMPUS yangi loyixasi ish boshladi.

2014 yil


Mart oyida – MAN Truck & Bus AG, SP OOO «JV MAN Auto-UZBEKISTAN” kompaniyalari hamkorligida MAN o‘quv markazi tashkil etildi.

Mart oyida – Janubiy Koreya Respublikasining Xanyang universi bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

Mart oyida – univrsitetning 15 nafar ilk bitiruvchilari Turin politexnika universitetiga magistratura yo‘nalishida taxsil olish uchun yuborildi.

Iyun oyida – Yaponiyaning Gifu National College of Technology” universiteti bilan ta’lim va ilmiy izlanishlar borasida hamkorlikni amalga oshirishga qartilgan hamkorlik bitimi imzolandi.

Sentyabr oyida – universitet talaba va muxandislari tomonidan modernizatsiya qilingan PTM (paxta terish mashinasi) apparati paxta dalalarida sinovdan muvaffaqqiyatli o‘tdi.

dekabr oyida – universitet talabasi Shuxrat medaliga sozovor bo‘ldi.

2015 yil


Fevral oyida – Frantsiya respublikasining Eks Marsel (MADIREL) universiteti bilan xamkorlik shartnomasi imzolandi.

Sentyabr oyida – magistratura yo‘nalishining “Mexatronika” mutaxassisligiga ilk qabul amalga oshirildi.

Sentyabr oyida – Erasmus plyus loyixasi doirasida xisoblash markazlari tashkil etish va magistraturaning matematik injiniring mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha ESSUM loyixasi boshlandi

Dekabr oyida – universitet talabasi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Dekabr oyida – universitet O‘zbekistonda texnika oliygoxlari o‘rtasida birinchilar qatorida ta’lim soxasida ISO 9001:2008 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi.

2016 yil


Fevral oyida – Germaniyaning Braunshvayg texnika universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

Avgust oyida – universitetning 10 nafar xodimi “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Oktyabr oyida – Erazmus plyus RENES loyixasi doirasida yangi magistraturaning “Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va atrof muxit” dasturi ustida ish boshlandi.

Noyabr oyida – universitet magistraturasining ilk bitiruvchisi grant asosida Turin politexnika universitetining (PhD) doktoranturasiga o‘qishga kirdi.

Noyabr oyida – universitet va Axmet Baytursinov nomidagi Kostanay davlat universiteti (Qozog‘iston) o‘rtasida avtomobilsozlik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Dekabr oyida – universitetda tayanch doktarantura maktabi (katta ilmiy xodimlar instituti) o‘z faoliyatini boshladi.

2017 yil


Mart oyida – universitetning 8 nafar bitiruvchilari Turin politexnika universiteti (Italiya) magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlab, universitet tayanch doktoranturasiga qabul qilindi.

May oyida – universitetning 8 nafar talabasi Evropaning etakchi oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qish uchun Islom Karimov jamg‘armasi grantini qo‘lga kiritishdi.(Jami 12 ta grant ajratilgan).

May oyida – universitetda matematika fani bo‘yicha respublika konferentsiya bo‘lib utdi.

Iyun-sentyabr oylarida – universitetning bir gurux talabalari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi qatorida Astana shahrida (Kozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tgan “EKSPO-2017” halqaro ko‘rgazmasida o‘z ishlanmalari bilan qatnashishdi.

Iyul oyida – universitet “Moskovskiy tsentr strukturnix preobrazovaniy v promishlennosti” nodavlat tashkiloti (Moskva, Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik bitimini imzoladi.

Iyul oyida – universitet bitiruvchisi O‘zbekiston respublikasi fan-texnika agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sentyabr oyida – universtitet xodimi “ Mehnat shuhrat “ ordeniga sazovor bo‘ldi.

Oktyabr oyida – universitet va Qirg‘iziston respublikasi I.Razzoqov nomli Qirg‘iziston davlat texnika universtiteti bilan akademik va ilmiy sohada hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Oktyabr oyida – universitet va Qirg‘iziston respublikasi M.M.Adishov nomli Osh texnika universtiteti bilan akademik va ilmiy sohada hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Oktyabr oyida – Karamay shahridagi (Xitoy) Pekin neft universiteti bilan o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Oktyabr oyida – bir guruh universitet talabalari Sochi shahrida (Rossiya federatsiyasi) bo‘lib o‘tgan halqaro yoshlar festivalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishdi

Noyabr oyida – avtomobillardan chiqayotgan zaharli tutunlar natijasida atrof muhit ifloslanishini oldini olish va nazorat qilish hamda zamonaviy evropa standartlari emissiyasi va yonilg‘i iste’mol qilish bo‘yicha o‘zaro tadqiqotlar olib borish haqida «AVL List GmbH» ilmiy tadqiqot kompaniyasi bilan o‘zaro angashuv Memorandum imzolandi.

2018 yil


Fevral – bakalavriatning «Mashinasozlik texnologiyasi» yo‘nalishi negizida yangi «Aviokosmik injiniring» yo‘nalishi ochildi. Ushbu yo‘nalishda «O‘zbekiston havo yo‘llari“ milliy aviakompaniyasi uchun muhandislar tayyorlash amalga oshiriladi.