TA'LIM

ILM-FAN

ISHLAB-CHIQARISH

previous arrow
next arrow
Slider

Bizning vazifamiz

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining asosiy vazifalaridan biri ta’limiy, ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlari hamkorligini ta’minlash, hamda mamlakatimiz mashinasozlik va avtomobilsozlik sohalarini rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bundan tashqari, universitet taraqqiyotini O’zbekistonda fan va innovatsiya rivojlanishida jadal sur’atlar bilan ilgarilashini ta’minlash oliygohning muhim vazifalaridan sanaladi.

TA'LIM

Oliy ta’lim – bu farovon va mufaffaqiyatli kelajak uchun eng kuchli, eng mustahkam pillapoyadir!

ILM-FAN

Bugungi ilm-fan ertangi texnologiyadir!

ISHLAB CHIQARISH

Intellektual sarmoya barcha ishlab chiqarish omillari ichida eng qimmatbahosidir!

Asosiy qadriyatlar

  • Universitetda ilmiy va kasbiy qiziqishlarini amalga oshirish uchun talabalarimizga imkoniyat yaratib berish, ya’ni barcha talabalar, o’qituvchi va universitet xodimlari uchun ijodiy va ijobiy sharoit yaratib berish.
  • Bakalavriyat, magistratura kasb-hunar va oliy ta’limdan keyingi ta’limda faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy xodimlar uchun o’zaro mustahkamlovchi va yuqori sifatli hamda ijodiy ta’limni targ’ib etuvchi samarali o’quv dasturlarini taklif etish.
  • Jamiyatning bevosita va uzoq muddatli etiyojlarini qondirish uchun zamin yaratadigan ko’plab ilmiy, tadqiqot va ijodiy harakatlar orqali yangi bilimlarni yaratish.
  • Tillar, madaniyatlarni o’rganish imkoniyatlari va ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik o’zgarishlar natijalari hamda universitet hududidan tashqarida va chet elda ta’lim olish, ilmiy izlanishlarni rag’batlantirish orqali madaniy tasavvurni mustahkamlash.
  • Talabalarga milliy va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan barcha dastrularda mukammallik va standartlarni saqlab qolish.