Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi “Sogʼliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5124-sonli qarorining 4 bandida “Oʼzavtosanoat” АJga joriy yilning 1 oktyabriga qadar joylarda, ayniqsa olis va chekka hududlarda aholini manzilli profilaktika va skrining qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan maxsus avtobuslarning kamida 3 ta tajriba namunasini (keyingi oʼrinlarda – mobil kompleks) yaratish topshirilgan.