Ilmiy Kengash
- Umumiy qoidalar
O’zbekiston Respublikasi Ilmiy Kengashi “O’zbekiston Respublikasida Ta’lim to’g’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash davlat dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2011 yil 3 dekabrda qabul qilingan 487 – sonli “Oliy ta’lim sohasidagi Ilmiy Kengash to’g’risida Standart ” nizomi asosida faoliyat olib boradi.
- Universitet Ilmiy Kengashi universitet umumiy boshqaruvini ta’minlovchi hamkasblardan tashkil topgan guruhdir.
- Ilmiy Kengash faoliyatidagi shaffoflik masalalarni o’z vakolati doirasida jamoaviy muhokama qilish tamoyiliga asoslanadi.
- Universitet Ilmiy Kengashi universitetning boshqaruv ma’muriyati va tuzilmalari takliflarini inobatga olgan holda o’z ish rejasini shakllantiradi.
- Universitet Ilmiy Kengashi yig’ilishlari yoz oylaridan tashqari eng kamida bir oyda bir marta o’tkaziladi.
- Universitet Ilmiy Kengashi faoliyatini tashkil qilish jarayoni, yig’ilishlar o’tkazish va qarorlar qabul qilish Universitet Ilmiy Kengashi nizomida belgilanadi.
- Ilmiy Kengashi Universitet rektori buyrug’iga ko’ra tashkil etiladi.
- Rektor Universitet Ilmiy Kengashi raisi hisoblanadi.
- Ilmiy Kengash a’zolari oily o’quv yurti rektori, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, tarkibiy bo’limlar rahbarlari, professor-o’qituvchilar tarkibi, ilg’or talabalar va universitet jamoat tashkilotlari vakillaridan tashkil topadi.
- Ilmiy kotib ilmiy kengash raisi tomonidan tomonidan tayinlanadi.
- Oily o’quv yurti Ilmiy Kengashi a’zosi iste’foga chiqsa u darhol Ilmiy Kengash tarkibidan chiqariladi.
- Ilmiy Kengash a’zosi Ilmiy Kengash yig’ilishiga qatnasha olmasa yoki ma’lum sababga ko’ra kech qolsa u oliy o’quv yurti ilmiy kotibini bundan o’z vaqtida habardor etishi lozim.
- Ilmiy Kengash toq sonly a’zolardan tashkil topadi. Zarur bo’lsa, Ilmiy Kengashning ayrim qarorlari o’zgartirilishi mumkin.
- Universitet Ilmiy Kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- Universitet rivojlanishi uchun bo’lajak asosiy yo’nalishlarni, xususan uning ta’limiy va ilmiy faoliyatini belgilash.
- Universitetning moliyviy va iqtisodiy faoliyati hamda rivojlanish dasturi ko’rib chiqish.
- O’qish, ilmiy-tadqiqot, informatsion-tahliliy va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat hamda Universitetning xalqaro aloqalari bo’yicha muhim qarorlarni qabul qilish.
- Universitet rektori Ilmiy Kengashga qilingan ishlar bo’yicha yillik hisobot topshiradi.
- Ilmiy Kengash prorektorlar, dekanlar, ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro yangiliklar, moliyaviy, ma’muriy shakl va metodlar bo’yicha strukturaviy bo’limlar boshliqlaridan yillik hisobot qabul qiladi.
- Dotsent va professor ilmiy unvonlariga tayinlash.
- Universitet Ilmiy Kengashi tomonidan ma’qullangan qoidalarga asosida Universitet faxriy unvonlarini berish.
- Darsliklar, o’qish vositalari (o’quv qo’llanmalar) va ta’lim-tarbiyaga doir asarlarni taklif etish va chop etish.
- To’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga grantlar taqdim etish to’g’risida qaror qilish.
- Falsafa doktorligi (PhD) talabalarini qabul qilish.
- Ilmiy Kengash Falsafa doktorligi (PhD) talabalarinidan yillik hisobot qabul qiladi.
- Universitet Ilmiy Kengashi vakolatiga dahldor bo’lgan boshqa masalalar yuzasidan qaror qabul qilish.
Ilmiy Kengash Kotibi:
Universitet Ilmiy Kotibi universitet rektori buyrug’i bilan Universitet Ilmiy Kengashi a’zolari orasidan mazkur Kengash faoliyat muddati uchun tayinlanadi, va u Univeristet Ilmiy Kengashi yig’ilishlariga tayyorgarlikni tashkil qiladi, kengash qarorlari ijrosini nazorat qiladi, Universitet Ilmiy Kengashi vakolati doirasida Ilmiy Kengash hamda Universitetning tuzilmaviy bo’limlari orasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi.
- Universitet Ilmiy Kengashi kotibining vazifalari:
- Universitet Ilmiy Kengashi ishchi rejasini tuzishni taklif etish, Universitet Ilmiy Kengashi ishchi rejasini tayyorlashni tashkil etish.
- Universitet Ilmiy Kengashi yig’ilishini o’tkazish bo’yicha xujjatlar va materialllarni tayyorlash, yig’ilishda muhokama qilinishi lozim bo’lgan masalalarni nazorat qilish.
- Ilmiy Kengash yig’ilishi kun tartibining dastlabki qoralam shaklini tayyorlash.
- Universitet Ilmiy Kengashi yig’ilishida vaqtni nazorat qilish, Universitet Ilmiy Kengashi qarorlaridan nusxa olish va ularni ko’paytirish.
- Universitet Ilmiy Kengashi nazoratini ta’minlash.
- Universitet Ilmiy Kengashi yig’ilishlarida ilmiy unvonlar uchun tasdiqlangan materiallar dezaynini nazorat qilish, hamda ularni O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsion Komissiyasiga topshirish uchun tayyorlash.
- Ovoz berish va qaror qabul qilish
- Universitet Ilmiy Kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham oshkora ham yashirin usulda amalga oshiriladi. Universitet Ilmiy Kengashi yig’ilishida oshkora ovoz berishni kengash raisi boshqaradi. Universitet Ilmiy Kengashi a’zolari o’z fikrlarini “qo’llab-quvvatlayman”, “qarshiman”, “betarafman ” deb ovoz berishda qo’llarini kutarish orqali ifodalaydilar.
Yashirin ovoz berish saylov qog’ozi (byulleten) yordamida amalga oshiriladi.
Agar yig’ilishda ishtirok etayotgan Universitet Ilmiy Kengashi a’zolarining ko’pchiligi ijobiy ovoz bersalar qaror qabul qilinadi.
- Agar yigilishda Kengashning eng kamida 60 foiz a’zolari ishtirok etsa, qatnashayotgan Universitet Ilmiy Kengashi a’zolarining ko’pchiligi ijobiy ovoz bersalar Universitet Ilmiy Kengashi qarori qabul qilingan sanaladi.