📖 Jadid adabiyotining durdona asarlari elektron va audio kitoblar shaklida tayyorlandi.
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasitomonidan milliy adabiyotimiz va ma’rifatparvarlik tarixida alohida o‘rin tutuvchi quyidagi durdona asarlar zamonaviy audiovizual formatda tayyorlanib, “Mutolaa” platformasiga joylashtirildi. 👧“O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy)👧“Kecha va kunduz” (Abdulhamid Cho‘lpon)👧“Qatlnoma” (Nabijon Boqiy)👧“Hind sayyohining qissasi” (Fitrat)👧“Abulfayzxon” (Fitrat)👧“Jinlar bazmi” (Abdulla Qodiriy)👧“Turkiy guliston yoxud axloq” (Abdulla Avloniy)👧“Eski maktab” (Sadriddin Ayniy)👧“Bir vafolik zaifaning xususida” (Behbudiy)👧“Odob-axloq kitobi” (Munavvarqori Abdurashidxonov) 🎧 Mazkur loyihalar orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi yosh avlodga ta’sirchan va zamonaviy usulda yetkazilmoqda.