You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Kelishuvning maqsadi – ta’lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir.

Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:

1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

2. Ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;

3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ;

4. Mehmon ma’ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish;

5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish;

6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar o’tkazish;

7. “Muammoli ta’lim” amaliyotini birgalikda amalga oshirish.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida universitet malakali professorlari kollej o’quvchilariga mahorat darslarini taqdim etib, ularga International Foundation sertifikatini qo’lga kiritishda yordam beradilar. Ushbu sertificatga ega bo’lgan talabalar TTPUda o’qishni 2-bosqichdan boshlab davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Umid qilamizki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Toshkentdagi Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtashdagi o’zaro hamkorlik ikkala tomon uchun ham katta imkoniyatlar ochib beradi va reja qilingan sohalarni rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.