2021 yil 15 sentyabrda Yevrosiyo texnologiya universitetining xalqaro hamkorlik va akademik harakatlanish bo’limi boshlig’i Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi – ikki universitet o’rtasidagi ilmiy hamkorlikdir. Uchrashuv davomida 2022-yil bahoridan boshlab “Dasturiy Injiniring” yo’nalishi bo’yicha talabalar almashish dasturini boshlash to’g’risida kelishib olindi.
