2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda, “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.
Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etadilar.
Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
“Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzusidagi xalqaro seminar
DASTURI
15 oktyabr, 2021 yil
9:50-10:00 | Seminar ishtirokchilarini ro‘yxatga olish. |
10:00-11:00 | Universitet laboratoriyalari va kutubxona bilan tanishtirish |
11:00-11:15 | Seminarni ochilish marosimi (Italiya Elchisi Agostino Pinna va Rektor nutqi) |
11:15-11:30 | Buyuk Britaniyaning regional elchisi David Moran ning nutqi |
11:30-11:45 | Italiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining nutqi |
11:45-12:15 | Giovanni De Santi (Joint Research Centre, EU Science Hub) online taqdimoti David Chiaramonti (Politecnico di Torino, Italy) online taqdimoti |
12:20-12:40 | Ettore Bompard (Politecnico di Torino, Italy) online taqdimoti |
12:40-13:00 | Nilufar Avezova (Fizika-texnika instituti) taqdimoti |
13:00-15:00 | Tushlik |
15:00-15:20 | Strathclyde universitetining professori Stuart Galloway ning taqdimoti |
15:20-15:40 | Matchanov Nuriddin (Qayta tiklanuvchi Energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori) taqdimoti |
15:40-16:00 | Danieli kompaniyasi vakili Lorenzo Mozetic ning taqdimoti |
16:00-16:20 | “Juru Energy” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Botir Gafurov taqdimoti |
16:20-16:40 | “Siemens Energy” kompaniyasi vakili taqdimoti |
16:40-17:00 | Seminarni yopilish marosimi |