OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasining 2022 yil 1 fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi.
Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar boʼyicha dissertatsiyalar himoya qilinadi:
05.08.06 – «Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish»;
05.01.08 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish»;
05.09.01 – «Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar»
Ushbu qarorga koʼra, Turin Politexnika universiteti huzuridagi ilmiy kengashning 17 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi. Kengash raisi etib texnika fanlari doktori, universitetning rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tayinlandi.
Mazkur ilmiy kengash tarkibi eng yosh olimlardan tashkil topgan boʼlib, 9 nafari texnika fanlari doktori, 8 nafari PhD. Kengash aʼzolarning koʼpchiligi xorijda ilmiy ishini himoya qilgan, shuningdek, kengash tarkibiga Italiyalik professor ham jalb qilingan.