You are currently viewing MECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

MECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

2022-yil 30-may kuni Vilnyus Gediminas Texnika Universitetida (VILNIUS Tech) Yevropa Ittifoqining Erasmus + CBHE dasturining MechaUZ loyihasi bo‘yicha 3-yig‘ilishi boshlandi. Ushbu yig’ilish hamkorlarning o’zaro ushrashuvi va maxsus treningni bo’lib o’tdi. Yigʻilishning birinchi kunida loyihaning barcha hamkorlari: 6 ta Yevropa universiteti (Xalqaro yunon universiteti (Saloniki, Gretsiya) – Loyiha koordinatori, Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaja universiteti (Liepaja, Latviya), Vidzeme amaliy fanlar universiteti (Valmiera, Latviya), Viano do Castello politexnika instituti (Viano do Kastelo, Portugaliya) va O‘zbekistonning 6 ta universiteti: Andijon mashinasozlik instituti (Andijon)) – Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent), Farg‘ona politexnika instituti (Farg‘ona), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (Qarshi), Toshkent davlat texnika universiteti (Toshkent) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Seminar trening ochilish marosimida Villnyus Gediminas texnika universiteti rektori prof. dr. Romualdas Kliukas nutq so’zlab loyiha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so’ng kun tartibiga muvofiq WP2: Yangi bakalavriat dasturini ishlab chiqish doirasida o‘quv dasturlarini amalga oshirish, ta’lim tizimi, mexatronika va robototexnika fanlari bo’yicha ma’lumotlar loyiha koordinatori Tomas Tomidis (Xalqaro Ellin universiteti, Gretsiya) ishtirokida hamkorlar bilan muhokama qilindi.

Seminar-trening va muhokamalar kun tartibiga muvofiq davom etmoqda.

Loyiha to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan mecha.uzveb-sayti orqali tanishish mumkin.