Bugun 2022 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022 T.144.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʼyicha texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi.
Tadqiqotchi Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusidagi himoyasi yuzasidan taqdimot maʼruzasi tinglandi.
Yigʼilish anʼanaviy va onlayn shaklda uygʼunlashgan holda oʼtkazildi. Maʼruzadan soʼng, ilmiy ish boʼyicha muhokama boʼlib, unda tadqiqotchi yigʼilish aʼzolari savollariga javob berdi.
Shundan soʼng, tadqiqotchining rasmiy opponentlari soʼzga chiqib, dissertatsiya boʼyicha oʼz xulosalarini berib, mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligiga toʼxtaldilar.
Yigʼilish yakunida, ilmiy kengash qaroriga koʼra, Yusupov Sarvarbek Sodiqovichga texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasini berish joiz deb topildi.