You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

TTPU

Seminarning maqsadi – kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar.

Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxo‘jayev, maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi prof. Romeo Orlandi ochib berdi.

Seminarda arxitektura va shaharsozlik masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan har ikki tomonning vazirliklari, biznes va akademik doiralari ma’ruzachilari nutq so‘zladilar.

Jumladan, texnika fanlari doktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kahya, Massachusets texnologiya instituti professori professor Karlo Ratti (onlayn), Italiyaning Turin politexnika universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori David Kiaramonti va boshqalar o‘zlarining qiziqarli nutqlaribilan ishtirok etishdi. Italiyaning Turin politexnika universitetining professorlari Anita Tobakko, David Kiaramonti hamda Fulvio Rinaudi seminarga moderatorlik qildilar.

Ushbu tadbir Italiyaning Toshkent shaxridagi elchixonasi, Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda