You are currently viewing Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika  universiteti rektori J.Sh. Inoyatxodjaev O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tatbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tatbiq etish borasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarinin o‘rnatish va kelishuvlarga erishish maqsadida hozirda Italiyada xizmat safarida.

TTPU

Xususan, kuni kecha Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dual taʼlim yoʼnalishida “Sanoat 4.0” raqamli texnologiyalar, ilgʼor avtomatlashtirish, “Tejamkor ishlab chiqarish” boʼyicha texnik koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni 3 yillik oʼquv reja asosida tayyorlash boʼyicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-2024 oʼquv yilidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ushbu yoʼnalishda 100 nafar kadr tayyorlash imkoniyati yaratiladi. Oʼquv jarayonlarining uchdan bir qismi nazariy bilimlar olishga, qolgan qismi esa sanoat muhandisligi boʼyicha yuqori professional amaliy bilim va koʼnikmalarga hamda boʼlajak mutaxassislarni laboratoriya mashgʼulotlariga jalb qilish orqali tayyorlashga qaratiladi.

Uchrashuv doirasida Italiyaning CIM4.0-kompetentsiya markazi bilan hamkorlik borasida muzokara oʼtkazildi. Аndijon mashinasozlik institutida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetining “Sanoat 4.0 akademiyasi” tashkil etilishiga kelishildi. Аkademiyada avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tadbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʼyicha kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tashkil etiladi.

TTPU

Tashrif doirasida Italiyaning Yuventus futbol akademiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish borasida uchrashuv oʼtkazildi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil qilingan “Juventus Academy Tashkent” akademiyada ishtirok etadigan 50 nafar Oʼzbekistonlik yoshlarga Italiyada oʼtkaziladigan “YUVENTUS” Xalqaro turnirida ishtirok etish va Yevropaning yetakchi jamoalari bilan uchrashish imkoniyatini yaratish va hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.