Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi.
Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.