15-fevral kuni TTPU da Microsoft kompaniyasi va universitetimiz talabalari bilan jonli tadbir bo’lib o’tdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad talabalarimizni “Microsoft Student Programs” bilan tanishtirish va dasturga jalb qilish. Tadbir ishtirokchilari Microsoft kompaniyasi takliflari va imtiyozlari haqida to’g’ridan-to’g’ri kompaniya xodimlari Carlotta Castelluccio (a cloud developer advocate) va Microsoft mahsulot menejeri Tessa Wiedmanndan javob olish imkoniga ega bo’ldilar.
Shu bilan birga, Microsoft kompaniyasi tomonidan har yili o’tkaziladigan “Imagine Cup” tanlovi ham muhokama qilindi.
Talabalarimiz dasturda tajribaga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan suhbatlashish va ularning tajribasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, Buyuk Britaniyadan Kenji Phang va Jennifer Xolland ham o‘z universitetlarida Gold Microsoft Learn bo‘yicha o‘z tajribalari va dasturdan olgan imtiyozlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Yakunda talabalarimizga universitetdagi ta’lim doirasida Microsoft texnologiyalarini bepul o‘rganish maqsadida 100 dollarlik bepul Azure krediti taklif qilindi.