You are currently viewing “Milliy libos-millat qiyofasi!”

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Таdbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tadbirda universitet talaba-qizlari bilan birga Pavel Benkov nomli san’at maktabi “Tarixiy-teatr liboslari san’ati” kafedrasi o‘quvchilari tomonidan yurtimizning turli viloyatlarining bir-biridan yorqin va jozibali milliy liboslar defilesi o‘tkazildi.

“Alladin unikum” bog‘cha tarbiyalanuvchilarining chiqishlari esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Universitet qizlarining chiqishlari, Pavel Benkov nomli san’at maktabi o‘qituvchilaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi. Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.