Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Shifonur koʼchasi 75-А uy manzili boʼyicha joylashgan talabalar yotoqxonasi binosini kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov ishtirokchilaridan kelib tushgan takliflar quyidagi mezonlar boʼyicha baholanadi:
Tartib raqam № | Talablarning nomlanishi | Ball |
1 | Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud holati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) | 20 |
2 | Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi | 5 |
3 | Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. | 10 |
4 | Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi | 10 |
5 | Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining ⅡI va undan yuqori toifadagi qurilish obyektlarini mukammal va joriy ta`mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziya mavjudligi | 10 |
6 | Tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi | 5 |
7 | Loyiha – qidiruv ishlarini olib borish muddati (asoslovchi hujjatlar bilan) | 10 |
8 | Bankdan kartoteka mavjud emasligi haqida asl nusxada malumotnoma | 5 |
9 | Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma mavjudligi | 5 |
Tanlovga takliflar topshirish muddati joriy yil 3 – apreldan 17 – aprelgacha. Takliflar ilovadagi texnik topshiriq boʼyicha.