You are currently viewing Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o’z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :
• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash;
• TTPU talabalar uchun Germaniya sanoat korxonalarida amaliyot dasturlarini tashkil etish;
• Har ikki universitetlarda yozgi maktablarni (summer school) tashkil etish;
• Erasmus+ loyihalari bilan hamkorlik (Erasmus+ institutlararo kelishuvni imzolash);
• o‘quv-ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun kutubxona resurslarini almashish va elektron resurslardan onlayn foydalanish;
• Xalqaro mobillik: Erasmus+ dasturlari tomonidan moliyalashtiriladigan talabalar va doktorantlar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuvi;
• O‘qitish sohasida xalqaro hamkorlik: bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yaratish.

TTPU


Uchrashuv yakunida Nordxauzen amaliy fanlar universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini va talabalarning almashinuvi to‘g‘risida bitim imzolandi. Qolgan universitetlar tomonidan ham hamkorlik bo‘yicha katta kiziqish bildirilib, kelgusida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.