2023 yil 27 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilganligining 14 yilligiga bag’ishlangan, an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan professor-o`qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.


Ushbu konferensiyada Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxodjaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor A.A.Ashurov, moliyaviy- iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Abdujalilov, Strategik rivojlanish bo’limi boshlig’i O.Jo`rayev, Yoshlar bilan bo’limi boshlig’i G.A.Allamova, Tabiiy-Matematika fanlari kafedrasi mudiri prof. D.U.Tulyaganov, professor-o`qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.




Konferensiya ma’ruzalari mashinasozlik, energetika, tabiiy fanlar va matematika, ekologiya va atrof-muhit muammolari, muqobil energiya manbalari, materialshunoslik kabi mavzularga bag‘ishlandi.
Jumladan talabalarning kimyo, fizika, zamonaviy matematikaning tatbiqlariga bag`ishlangan, shuningdek, muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini O`zbekistonda barpo qilishdagi o`z takliflari bo`yicha ma’ruzalari anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir so`ngida universitet birinchi prorektori A.Ashurov ilmiy konferensiya har tomonlamana juda foydali va ko`tarinki ruhda o`tganligi bilan ishtirokchilarni tabriklab, professor-o`qituvchilar va talabalar o`rtasidagi haqiqiy ilmiy ko’prik bo`lganini va bunday tadbirlar kelgusida ham albatta davom ettirilishini ta’kidladi. Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg`alari topshirildi.



