2023-yil 11-iyul kuni Germaniyaning Simson Private Akademie vakillari TTPUga tashrif buyurdi.




Tashrif chog‘ida tomonlar kasb-hunar ta’limi sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar hamda kasb-hunar ta’limi dasturini ochish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladilar. Jumladan, TTPU germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda “1+2” dual kasb-hunar ta’limi dasturini ochishga kelishildi. Unga ko‘ra, ushbu dasturda tahsil olayotgan talabalar TTPUda bir yil tahsil olgach, Germaniyaga yuborilib u yerda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashish uchun turli nemis kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihani amalga oshirish Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.



Kelishuvga ko’ra, nomzodlar Germaniyada o’qishni tugatgandan so’ng Germaniya sanoat kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.