Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Respublikamiz uzoq hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlarning qulay sharoitda yashashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 160 o‘ringa mo‘ljallangan to’rt qavatdan iborat, barcha qulayliklarga ega Talabalar turar joyi keyingi 2023-2024 o’quv yiliga tayorlab qo‘yildi.
Talabalar turar joyidagi xonalar barcha kerakli jihozlar: kir yuvish mashinalari, taom tayyorlash uchun plita, mikroto’lqinli pech, ovqatlanish xonasi bilan ta’minlangan. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yotoqxonada kutubxona, hamda Wifi nuqtalari ham mavjud.






