Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Tadbirga akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qodirov Savar Muqadirovich tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori t.f.d, Jamshid Inoyatxodjaev kirish so‘zi bilan ochib berib, talabalarga yangi o‘quv yilida universitetda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, ilm cho‘qqilarini egallashda faol bo‘lishlariga chaqirib qoldi va kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
So‘ng, Savar Muqadirovich, 2023 yilning yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligi, mamlakatimizda yosh avlod ta’lim va tarbiya sifati mamlakat taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidladi.
Shu bilan birga olim oʻzining bosib oʻtgan yoʻli, ilmiy faoliyati mavzusida qimmatli maʼlumotlar berib oʻtdi, muloqot talabalarda katta taassurotlar qoldirdi. Tadbir qizgʻin munozaralar va savol-javoblarga boy boʻldi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sarvar Muqadirovich Qodirov oliy ta’lim tizimida 57 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan, avtotransport, avtomobilsozlik va yo‘l kommunikatsiyalari sohalariga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan taniqli olimdir. S. M. Qodirovning 40ga yaqin risola, ocherk, qissa, roman va boshqa risolalari chop etilgan. Uning romanlari rus va ingliz tillarida Rossiya va Amerikada nashr qilindi. Olimning rahbarligida 3 fan doktori, 9 fan nomzodi va 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan.