Joriy yilning18-22 sentyabr kunlari, Samarqand shahrida “Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tib, ushbu konferensiyaning maqsadi – optika, optoelektronika va kvant texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli sohalarda evolyutsion tenglamalarga e’tibor qaratgan holda, matematik fizikada kam o‘rganilgan va yaqinda paydo bo‘lgan keng ko‘lamli muammolarni taqdim etish va muhokama qilishdir. Ushbu mavzularning kondensirlangan muhitlar fizikasi, nochiziqli va kvant optikasi, optoelektronika, kvant funksional materiallari va zamonaviy kvant fani va texnologiyasining boshqa sohalarida qo‘llanilishiga alohida e’tibor beriladi.
Fizikaning turli ilg’or sohalarida erishilgan so‘nggi yutuqlar va uning kvant texnologiyalarida amaliy qo‘llanilishi fizikada qo‘llanilishi bilan qisman differensial tenglamalarning matematik fizikasi va differentsial operatorlarning spektral nazariyasidagi bir qancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Kondensirlangan muhitlar fizikasi, kvant materiallari, nochiziqli optika, muhit to‘lqinlari fizikasi va PT-simmetrik fizikasida yuzaga keladigan murakkab matematik muammolarning keng doirasi bo‘yicha taklif etilgan ma’ruzachilar va ularning yalpi ma’ruzalari orqali muhokama qilinadi. Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar optik va kvant jarayonlarini boshqarish, optik va kvant funksional materiallarning xususiyatlarini optimallashtirish, optik va optoelektronik qurilmalarni miniatyuralashtirish, fizik jarayonlarni evolyutsion tenglamalar yordamida modellashtirish kabi muammolar va istiqbollarga qaratilgan.
Anjumanda Germaniya, Chexiya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari ishtirok etadi.
Anjuman Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston fizika jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.