- Buyurtmachi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
- Buyurtmachini manzili va telefon raqami: 100095. Toshkent sh. Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 17-uy. Email: info@turin.uz, tel/faks +99871 246-70-82
– Tender tili: O‘zbek, Rus
– Tenderga taklif yuborish: Yopiq konvert koʻrinishida
– Tender muddati: 2023-yil 24-noyabr, soat 17:00 gacha
– Bogʻlanish uchun masʼul shaxs: Yuldoshev Baxrom +99890 957-78-00
Buyurtmachining talablari:
- Insofsiz ijrochilar Yagona reyestrida qayd etilmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (tasdiqlovchi hujjat);
- Keytering usulida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha shartnomaning kamida uch oylik summasiga teng aylanma mablagʻlari mavjudligi;
- Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi; (DSI maʼlumoti);
- Keytering tashkilotining moddiy texnik bazasi toʻgʻrisida maʼlumot.
- Tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot;
- Sanitariya qonunchiligiga rioya etilish boʻyicha laboratoriya, mikrobiologiya ekspress (tezkor) test nazorati xizmati bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
- Umumiy ovqatlanish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan boʻlishligi;
- Toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlarni tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarning mavjudligi (muhandis-texnolog, allergolog, diyetolog, gastroentolog, terapevt vrach, oshpazlar);
- Injener-texnologiya yoki texnologiya xizmati koʻrsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma; (diplom, tibbiy koʻrikdan oʻtganligi, tashkilotda ishlash toʻgʻrisida maʼlumot);
- Oshpazlar haqida maʼlumot; (diplom, razryad, sertifikat, tibbiy koʻrigidan oʻtganligi va tashkilotda ishlayotganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma);
- Korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ariza.
- Keytering tashkiloti oshpazlari tomonidan taom tayyorlash texnologik qoidalariga rioya qilinishi va oshpazlarni oʻrnatilgan tartibda malaka oshirishni nazoratga olish.
- Xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatligi, foydalaniladigan texnologik jihozlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi hamda yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari yaroqliligi haqida laboratoriya xulosasi mavjudligi.
Taqdim etilishi kerak boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot:
- Bir haftalik tushlik menyusi va taomlar narxi, porsiya ogʻirligi;
- Taqdim etiladigan idish-tovoq, jihozlar va boshqalar;
- Oshxonani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha takliflar va rivojlantirish strategiyasi;
- Tavsiyanoma xatlar (oldingi yoki hozirgi hamkorlardan).
Universitet tomonidan keytering xizmati uchun quyidagi sharoitlar mavjud:
- Universitet hududida joylashgan 466m² oshxona:
- Umumiy oʻrindiqlar soni 200 ta:
- Oziq-ovqatlarni saqlash uchun maxsus ombor:
- Keytering xizmatchi xodimlari uchun maxsus ish joyi:
- Taom tayyorlovchi uskunalar: