You are currently viewing TTPU da buyuk bobokalonlarimiz tavallud kunlariga bag’ishlangan ijodiy kecha o’tkazildi

TTPU da buyuk bobokalonlarimiz tavallud kunlariga bag’ishlangan ijodiy kecha o’tkazildi

O‘zbek she’riyati va adabiyoti jahon ma’rifatparvarlari tasavvurida, eng avvalo, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ siymolar timsolida gavdalanadi.
O‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoirlari Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 – yilligi tavallud topgan kunlari munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Buyuk siymolarni xotirlab” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Tadbir mehmoni – O’zbekiston xalq artisti, “Do‘stlik”ordeni sohibi Saidkomil Hamroyevich tashrif buyurib, bu ikki ijodkorning hayoti va ijod yoʻllari, bizga yetib kelgan boy adabiy merosi va asarlardagi ezgu, tarbiyaviy jihatlar haqida soʻz yuritdi. So‘ng “Shodlik” doirachilar Jamoasi o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda talabalar shuningdek universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari tomonidan buyuk allomalarimiz g’azallaridan namunalar, sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.


Badiiy-adabiy kecha davomida universitetning iqtidorli talabalari, universitetda faoliyat yuritayotgan musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azaliga bitilgan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.