O‘zbekistonning 4 ta Oliy ta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqining Erazmus plyus dasturi doirasida yangi “Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish” loyihasi 2024-yil 1-mart kuni o’z faoliyatini boshladi. Bugun Turin Politexnika Universiteti loyihaning rasmiy ishga tushirish anjumani bolib o‘tdi.
Loyihaning umumiy qiymati 800 ming yevro bo‘lib, 2024-2027 yillar mobaynida amalga oshiriladi.
Loyiha ishtirokchilari:
Hamkor-universitetlar:
- Mitrovitsa universiteti – Loyiha koordinatori
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
- Kosovo amaliy fanlar akademiyasi
- Toshkent davlat transport universiteti
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
- O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali
- Mariboru universiteti (Sloveniya)
- Krit politexnika universiteti (Gretsiya)
- Madrid politexnika universiteti (Ispaniya)
- Turin politexnika universiteti (Italiya)
Akademik bo‘lmagan hamkorlar
- Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
- “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” Mas’ulyati cheklangan jamiyat
- W3 raqamli yechimlar laboratoriyasi
- “SAMARKAND AUTOMOBILE FACTORY” MChJ QK (SAF)
Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan. Innovatsion va yangi texnologiyalardan foydalangan kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga joriy etish belgilangan.
Shu bilan birga, ishtirokchi universitetlar zarur laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanadi, dasturiy ta’minot va adabiyotlar xarid qilinadi, 72 nafar professor-o‘qituvchilar Yevropa universitetlarda malaka oshiradi. Kamida 70 ta yangi o‘quv kurslar to‘plamidan iborat bakalavriat va magistratura fan dasturlari ishlab chiqiladi.
Transport sohasida kamida 10 ta turli manfaatdor soha korxona mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan Bakalavriat dasturining 2-va 3-kurs talabalaridan 12 nafari Yevropa universitetlarida almashinuv dasturida ishtirok etish belgilangan.
Loyihadan foydalanish milliy standartlar va Boloniya deklaratsiyasiga muvofiq 5 ta oʻquv dasturini (4 ta bakalavriat va 1 ta magistratura) akkreditatsiyadan oʻtkazish va bakalavr darajasidagi 1 ta oʻquv dasturini modernizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.