Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega ixtirochilar yetishtiradigan ziyo maskani ekanidan xabardormisiz?
Unday bo‘lsa, tanishing! Universitetimizda muqaddam kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarga mutaxassislik fanlaridan ustozlik qilgan, hozirda esa Italiyadagi Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) Amaliy Fanlar (DISAT) kafedrasida Professor Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozond klaster tarmog’i: atmosfera bulutlari ichidagi Lagranj tebranishlarini kuzatish” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bitiruvchimiz – Shahbozbek Abdunabiev.
Shahbozbek Abdunabiev – Professor Daniela Tordella boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan so‘nggi avlod radiozondlar klaster tizimining ixtirochilaridan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur innovatsion yechim xalqaro maydondagi Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlarga ham tatbiq qilish jarayonida. Tizimning amaldagi qurilmalarga nisbatan afzalligi va ishlash prinsipi ushbu ilmiy maqolada yoritilgan.
Ushbu innovatsion radiozond klaster tizimidan foydalangan holda Italiyaning Udine shahridagi xalqaro Mexanika Fanlari Markazi (CISM)da tashkil qilingan “Bulutlar mikrofizikasi” kursi davomida Udine shahri atmosferasining pastki chegara qatlamida bulutlar oqimining dinamikasi, termodinamik parametrlar va magnit maydon o‘zgaruvchanligini o‘rganish bo‘yicha Shahbozbek Abdunabiev ishtirokida ilmiy tajriba amalga oshirildi.
Bulutlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar 1800-yillarda boshlangan va ular bugungi kunda xalqaro ilmiy hamjamiyatning alohida e’tibori markazida. So’nggi yillarda, bulutlar – atmosferamizning pastki qatlamlarida ham sodir bo’ladigan iqlim o’zgarishlarining asosiy sababchilaridan bo’lishi mumkin.
ixtirochi olim bo‘lishni hohlaysizmi?
Unda Sizga bu orzuingizga erishishingizda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yordam beradi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tanlang.