You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Ishtirok etish shartlari:

1.* Abituriyent universitet bilan o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lishi;

2. Shartnoma summasining kamida 25%ini to‘lagan bo‘lishi kerak.

Sovrinlar:

100%lik grant (Shartnoma summasidan 100% chegirma)kirish imtixonida 50dan 80 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida
50%lik grant (Shartnoma summasidan 50% chegirma)kirish imtixonida 15dan 50 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida

o‘ynaladi.

O‘tkazilish shartlari va muddatlari:

Sovrinli o‘yin quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan sanalarda o‘tkaziladi. Sovrinli o‘yinda qatnashib, g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar keyingi sovrinli o‘yinlarda o‘zlarining imkoniyatlarini saqlab qoladilar. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qayta ishtirok eta olmaydilar.

Sovrinli o‘yin o‘tkazilish kunlari:

105.07.2024
202.08.2024
330.08.2024
413.09.2024
504.10.2024

Sovrinli o‘yin o‘tkazish kunlari universitetning rasmiy websayti hamda universitet mas’ul xodimlari tomonidan ishtirok etish shartlarini bajargan abituriyentlarga telefon qo‘ng‘iroq orqali ma’lum qilinadi.

*Sovrinli o‘yin universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek universitetga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

*Sovrinli o‘yinda faqatgina O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok eta oladilar.

*Sovrinli o’yinda “Foundation Year” kursiga qabul qilinganlar ishtirok eta olmaydilar.

G‘olib ishtirokchini aniqlash:

  • Ishtirok etish shartlarini bajargan ishtirokchilarning so‘nggi ro‘yxati shakllantiriladi;
  • Ular to‘plagan ballariga ko‘ra 2 guruhga (100%lik grant va 50%lik grant) ajratilinadilar;
  • Har bir guruh ishtirokchilariga alohida tartib raqam biriktiriladi;
  • G‘olib har bir ishtirkochiga biriktirilgan raqamlar yordamida, tartib raqamlarni tasodifiy aniqlash platformasi (www.random.org) yordamida aniqlanadi.

G‘olib ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tadigan jonli muloqotda aniqlanadi. Ishtirokchilar omadli talaba sovrinli o‘yinida universitetga tashrif buyurgan holda ham kuzatishlari mumkun.