You are currently viewing 2024-yilning 15-sentabridan tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishi bo‘yicha e’lon

2024-yilning 15-sentabridan tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishi bo‘yicha e’lon

2024-yilning 15-sentabridan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishini e’lon qilamiz:

  • 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (2 ta o‘rin);
  • 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (3 ta o‘rin);
  • 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (3 ta o‘rin);
  • 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (1 ta o‘rin);
  • 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (1 ta o‘rin).

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  • Pasport yoki ID nusxasi;
  • Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturaga talabgorlarning hujjatlari daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz sayti orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.