Joriy yilning 14-oktabr kuni oʻquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Arxitektura va dizayn” yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan ekskursiya o’tkazildi.
Mazkur ekskursiya davomida talabalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosining qurilish jarayoni, xususan, binodagi konstruktiv va kommunikatsion tizimlar joylashuvi, har bir qavatdagi xonalar oʻlchamlari, ulardagi demontaj ishlari hamda binoning interyer va eksteryer render koʻrinishlari bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, ular prorab, quruvchilar bilan suhbatlashib, nafaqat ilmiy-amaliy maslahatlar olishdi, balki oʻzlarining kasbga oid dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Ekskursiya soʻngida TTPU talabalari “Enter Engineering” kompaniyasi vakillari tomonidan restavratsiya ishlari tamomlangandan soʻng ishlar natijalarini koʻrish uchun taklif qilindi.