Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tajribali prodyuser, SMM va IT loyihalari koordinatori Nodira Muminovaning “SMM va prodakshn” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda TTPU talabalari SMMdagi zamonaviy trendlar, amaliy keyslar va muvaffaqiyatli SMM jamoasini yaratish va boshqarish uchun zarur strategiyalar bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Shuningdek, Nodira Muminova talabalar bilan o’zining raqamli marketing sohasidagi ajoyib karyerasini shakllantirgan muhim qadamlar va tajribalari bilan o’rtoqlashdi.