Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida dastur doirasida ilk uchrashuv o‘tkazildi. Unda Ecomobile Group kompaniyasining texnik direktori Nazar Avezov va universitet talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida startap akseleratsiya dasturining maqsad va yo‘nalishlari, ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur dastur orqali talabalarda kelajakdagi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ularning o‘z startap g‘oyalarini tijoratlash bosqichigacha olib kelishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.