Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Chexiya Respublikasining Toshkentdagi elchisining o’rinbosari janob Daniel Geler, Chexiyaning Ostrava texnika universiteti rektori Vatslav Snasel va professori Vitezslav Stiskalalar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarni Universitet faoliyati, xususan, ilmiy tadqiqot natijalari hamda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, tashkil etilgan uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkash masalalari muhokama qilinib, talabalar almashinuv dasturini birgalikda tashkil etishga kelishib olindi va hamkorlik shartnomasi imzolandi.