

TTPU bitiruvchisi Shahbozbek Abdunabiev Politecnico di Torino (Italiya) professori Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozonde klaster tarmog‘i: atmosfera bulutlari ichidagi lagranj tebranishlarini kuzatish uchun yangi yondashuv” mavzusida PhD dissertatsiyasini Politecnico di Torino (Italiya)ning Amaliy fanlar va texnologiyalar kafedrasida muvaffaqiyatli himoya qildi.