Joriy yilning 16-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o’rinbosari Chjou Yuan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolarini TTPU rektori Olimjon To’ychiyev kutib olib, ularga universitet bo’ylab tur tashkil etdi. Tur davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
So’ngra o’tkazilgan uchrashuv davomida TTPU rektori O.To’ychiyev tomonidan universitetning salohiyati va kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot berilib, Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi faoliyati haqidagi taqdimot tinglandi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv so’ngida, kelgusida ikki tomonlama anglashuv memorandumini imzolash hamda fan va texnologiyalar yo’nalishlarida hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi.