Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi “Barqaror energetika Kunlari” doirasida energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi “Barqaror energetika Kunlari” doirasida energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida, mehmonlar uchun TTPU boʻylab tur tashkil etilib, Universitet faoliyati, xususan professor-oʻqituvchilar ilmiy tadiqqotlari va talabalar ishlanmalari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida o’tkazilgan mazkur tadbirdni TTPU Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Jaloliddin Yusupov va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi Hamkorlik boʻlimi rahbari Vim Riepma kirish soʻzlari bilan ochib berdilar.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda barqaror energetika aloqalari (SECCA)” loyihasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda barqaror energetika aloqalari (SECCA)” loyihasi (2022-yil mart – 2026-yil mart) Yevropa Ittifoqining ilgʻor tajribalariga muvofiq Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror energetik balansni ilgari surishga qaratilgan. SECCA oʻz missiyasiga erishish uchun mintaqaviy kontekstda barqaror energetika tizimiga oʻtish uchun mustahkamlangan va yanada inklyuziv siyosat, meʼyoriy va institutsional bazani taʼminlashga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashishga, energiyadan teng foydalanish va energiya samaradorligi (EE) va qayta tiklanadigan energiya manbalari (RES) sohasidagi inklyuziv siyosat va qonunchilikni qoʻllab-quvvatlashga intiladi. Loyiha tadbirlariga EE va RES ni tatbiq etish salohiyatini rivojlantirish, EE va RES haqida xabardorlikni oshirish hamda EE va RES loyihalari uchun investitsiya muhitini yaxshilash kiradi. Loyiha tadbirlariga EE va RES ni tatbiq etish salohiyatini rivojlantirish, EE va RES haqida xabardorlikni oshirish hamda EE va RES loyihalari uchun investitsiya muhitini yaxshilash kiradi.