Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida IT Park O‘zbekistonning ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.







Tadbir avvalida, mehmon uchun TTPU rektori O.To‘ychiyev tomonidan universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, Universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari hamda talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishtirildi.
🔺Ochiq muloqot davomida A.Kuchkarov talaba-yoshlar bilan IT sohasida faoliyatni boshlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va ularni rivojlantirish usullari, IT Park tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, investorlarni topish hamda loyihalar uchun mablag‘ jalb qilish bo‘yicha samarali usullar, shuningdek, O‘zbekistonning IT sektoridagi imkoniyatlar va istiqbollar haqida batafsil so’z yuritib, o’zining qimmatli tajribasini talabalar bilan bo’lishdi.