You are currently viewing “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti vakillari, jumladan, birinchi prorektori A.Ashurov va Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlar, IIV Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi, Universoft IT kompaniyasi bosh direktorlari, Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur anjuman davomida ishtirokchilarning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik muammolari va yechimlarining dolzarb masalalariga oid fikr va mulohazalari eshitildi hamda taklif va tavsiyalari muhokama qilindi.

🔵Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti o‘rtasida ichki ishlar xodimlarini IT sohasiga yo‘naltirish, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish masalalari bo’yicha o’zaro hamkorlik anglashuv memorandumi imzolandi.