Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet binolarida klining (tozalash ishlari, jumladan ma’muriy xonalarini, o‘quv auditoriyalarini, sanuzellarni tozalash va kimyoviy ishlov berish, kovrolan qoplamalarini kimyoviy tozalash va fasad oynalarini yuvish va h.k) xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan 2025-yil uchun shartnoma imzolashga ochiq tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga, tegishli moddiy taxnik bazasiga va ishchi xodimlariga ega yuridik shahslar ishtirok etishga haqli. Klining xizmatlari kelishilgan grafik asosida dushanba-shanba kunlari soat 07:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rsatilishi lozim. Tanlov muddati, e’lon universitetning internet portalida joylashtirilgan kundan e’tiboran 10 kalendar kuni deb belgilanadi.
Universitet tasnifi:
1. O‘quv bino. 4 qavatdan iborat, umumiy maydoni – 6 077 kv.m, sanuzellar soni – 8 ta., qoplamalarining aksariyat qismi – kovrolan.
2. Oshxona va konferensts-zal binosi. 2 – qavatdan iborat, umumiy maydoni – 1 578 kv.m., ikkinchi qavatining qoplamasi – kovrolan.
3. Ma’muriy bino. 7 qavatdan iborat, umumiy maydoni – 3 636 kv.m, sanuzellar soni – 9 ta., qoplamalarining aksariyat qismi – kovrolan.
4. Ma’muriy bino. 2 qavatdan iborat, umumiy maydoni – 584 kv.m
5. Kutubxona va auditoriyalar. 1 – qavatdan iborat, umumiy maydoni 2 041 kv.m., qoplamasi – kovrolan.
6. Sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish binosi. 2 – qavatdan iborat, (yopiq suv xavzasi, minifutbol zali va tennis kortini o‘z ichiga olgan) umumiy maydoni – 3 956 kv.m, sanuzellar soni – 4 ta, dushevoylar soni – 4 ta.
7. Maxsus laboratoriya binosi. 1 – qavatdan iborat, umumiy maydoni 1 377 kv.m, sanuzellar soni – 2 ta, dushevoylar soni – 2 ta.
8. Tajribalar o‘tkazish va laboratoriyasi va texnopark binosi. 2 qavatdan iborat, umumiy maydoni – 2 378 kv.m, sanuzellar soni – 2 ta, dushevoylar soni – 2 ta.
9. Metrologiya laboratoriyasi binosi. 1 – qavatdan iborat, umumiy maydoni – 486 kv.m, sanuzellar soni – 2 ta.
10. Yotoqxona binosi. 4 qavatdan iborat, umumiy maydoni – 1 336 kv.m, sanuzellar soni – 16 ta, dushevoylar soni – 16 ta.
11. Talabalar yotoqxonasi binosi. 4 – qavatdan iborat, umumiy maydoni – 1 668 kv.m, sanuzellar soni – 4 ta, dushevoylar soni – 4 ta.
12. Oquv auditorialar binosi. 1 – qavatdan iborat, umumiy maydoni 1 078 kv.m, sanuzellar soni – 2 ta.
13. Ilg‘or muhandislik laboratoriyasi binosi. 5 – qavatdan iborat (yer to‘laga ega), umumiy maydoni – 5 000 kv.m, sanuzellar soni – 8 ta.
Tenderda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi;
korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;
shu sohada kamida 1 – yildan buyon faoliyat yuritishi;
insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan talabgorlar o‘z takliflarini elektron ko‘rinishda universitetning info@polito.uz elektron pochtasi orqali yoki Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li, 17 – uy manzil bo‘yicha qog‘oz ko‘rinishida topshirishi mumkun.
Tanlovda ishtirok etish borasida vujudga keladigan savollar yuzasidan talabgorlar + 99898 809 02 11 telefon raqami orqali Eshmuratov Ilxom Amanturdiyevichga murojaat qilish mumkin.