Joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Architecture and Design” yo‘nalishi talabalari “Building Planning and Design 1” fanidan loyiha taqdimotlarini o‘tkazdilar.
Taqdimotlar jonli va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar turli arxitektura yondashuvlarini qo‘llagan holda o‘z loyihalarini namoyish etdilar. Ishlab chiqish jarayonida SketchUp, 3Ds Max, AutoCAD, Lumion va Revit dasturlaridan foydalanildi. Shuningdek, loyihalar SHNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) talablariga muvofiq ishlab chiqildi. Talabalar funksional va estetik jihatdan puxta ishlangan binolar, barqarorlik tamoyillariga asoslangan dizaynlar hamda innovatsion arxitektura yechimlarini taqdim etdilar.
Ushbu loyihalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdi. Ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!