You are currently viewing Xalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

Xalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

2025-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro astronavtika federatsiyasining 76-kongressida 100 dan ortiq davlatdan kompaniyalar va 10 mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etadi. Ushbu kongressda oʻzbek talabalari va mutaxassislari “IAF Emerging Space Leaders” granti orqali bepul qatnashish imkoniga ega boʻlishlari mumkin

Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2025-yilning 14-fevral kuniga qadar davom etadi!