Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.






Tadbir davomida O’zbekistonda STEM taʼlimini rivojlantirish, xususan, hamkorlikda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash hamda ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so’ngida tomonlar o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga asosan, joriy yilning fevral-may oylarida STEM, xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha olimpiada testbor.uz platformasi orqali ikki bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi.