You are currently viewing Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

Sizni 2025-yil 10-13 mart kunlari Politecnico di Torino universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan IERBS-2025: Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish bo‘yicha texnik salohiyatni rivojlantirish xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga va maqolalaringizni taqdim etishga taklif qilamiz.

Asosiy yo‘nalishlar:
1-bo‘lim: Binolar va inshootlarning konstruktiv va seysmik xavfsizligi, zamonaviy hisob-kitob va loyihalash usullari.
2-bo‘lim: Madaniy meros ob’ektlarining seysmik barqarorligini aniqlashning zamonaviy usullari.
3-bo‘lim: Zamonaviy arxitektura, energiya tejovchi qurilish materiallari va texnologiyalar.
4-bo‘lim: Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik va qurilish sohasida xorijiy meʼyoriy hujjatlarni qoʻllash istiqbollari.
5-bo‘lim: Aholi yashash joylarida halokat xavfini kamaytirish va boshqarishda geografik axborot tizimlarining (GIS) roli.

MUHIM MA’LUMOTLAR
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Plenar ma’ruzalar (20 daqiqa) va og‘zaki taqdimotlar (15 daqiqa) anjumanning alohida yo‘nalishlariga bag‘ishlanadi.
Konferensiya materiallari (tezislar) 2025-yil 5-martgacha elektron shaklda chop etiladi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlangan maqolalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan ACTA TTPU jurnalida chop etiladi.
Konferensiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (Toshkent, B binosi) manzilida o‘tkaziladi: Toshkent, Kichik halqa yo‘li, 17.

ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH
Konferensiyada ishtirok etish uchun elektron ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-martgacha amalga oshiriladi.

NASHRLAR
Tezis va to‘liq maqolalar faqat o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Dastlabki ko‘rib chiqish natijasi ijobiy bo‘lsa, taqdimot konferensiya dasturiga kiritilganligi to‘g‘risida xabar beriladi.
Maqolalarning elektron nusxasi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi lozim:
ierbs2025@polito.uz yoki sanjar.anvarov@polito.uz

MAQOLALAR RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
Maqolalar IMRAD (Kirish, Metodlar, Natijalar va Munozara) tuzilishida, 4-7 bet hajmida tayyorlanishi lozim.
Matn Microsoft Word (RTF formatida), Times New Roman shriftida, 14 o‘lcham, 1.5 qator oralig‘ida yozilishi kerak. Sahifa chegaralari: chap, o‘ng, yuqori va pastki tomonlar – 20 mm. Sahifalar raqamlanmasligi va matndagi so‘zlar ajratilmasligi lozim.
Birinchi qatorning chap tomoniga maqola sarlavhasi, keyingi qatorga muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va maqola taqdim etilayotgan bo‘lim nomi katta harflar bilan yoziladi.
Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar [1] shaklida ko‘rsatilishi lozim. Rasm va diagrammalar 10×15 sm hajmda, yuqori sifatli bo‘lishi shart.
Har bir muallif maksimal ikki maqola taqdim etishi mumkin. Mualliflar o‘z maqolalaridagi ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tashkiliy qo‘mita maqolalar va tezislarni ko‘rib chiqish huquqiga ega. Konferensiya mavzusiga mos kelmaydigan, talabga javob bermaydigan yoki belgilangan muddatdan kechikkan maqolalar nashr etilmaydi va qaytarilmaydi.
MUHIM MUDDATLAR
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish: 2025-yil 1-martgacha
Tezis va maqola topshirish muddati: 2025-yil 1-martgacha
Tezis qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma: 2025-yil 5-martgacha
Konferensiya kunlari: 2025-yil 10-13 mart

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Toshkent, 100095, Kichik Halqa Yo‘li, 17, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Telefon: +99890 348 90 82