Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Arxitektura va qurilish kafedrasi dotsentlari, falsafa doktori A.Azamatov, texnika fanlari nomzodi E.Xaltursunov hamda Tabiiy va matematik fanlar kafedrasi v.v.b. dotsenti O‘.Safarov universitetning akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘z fanlari bo‘yicha master-klass darslarini o‘tkazdilar. Ushbu darslar davomida ular o‘z ilmiy tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, mavzularni oddiy va tushunarli tarzda yetkazib berdilar.
Darslar yakunida professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida muloqot tashkil etilib, o‘quvchilarning fikr va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, kelgusida bilimlarni yanada mustahkamlash uchun qimmatli tavsiyalar berildi.