You are currently viewing TTPU rektori va birinchi kurs talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

TTPU rektori va birinchi kurs talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Universitet rektori Olimjon To’ychiyev hamda birinchi bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

🗄Unda, TTPU rektori tomonidan talabalarga yangi o’quv yilida ta’lim jarayoniga kiritilgan yangiliklar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, “Universitet bali” tizimi va universitetda tashkil etilgan yangi “Coworking Space” haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.